
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bemorlarning huquqlari va shaxsiy ma'lumotlari daxlsizligini O‘zbekiston Respublikasining 'Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida'gi hamda 'Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida'gi Qonunlariga qat'iy muvofiq ravishda ta'minlaydi.
Bemorning salomatligi, tashxisi, tibbiy ko‘rik va tahlil natijalari qat'iy shifokor siridir. Uchinchi shaxslarga bemor yoki uning qonuniy vakili yozma roziligisiz hech qanday ma'lumot berilmaydi (qonunda belgilangan favqulodda holatlar bundan mustasno).
Portalimiz orqali qabulga yozilish yoki maslahat olish jarayonida kiritilgan ma'lumotlar zamonaviy shifrlash protokollari bilan himoyalangan.
