Markaz haqida
Bizning tariximiz, ma’muriyatimiz va jamoamiz bilan tanishing.
- Yillik shoshilinch murojaatlar
- 65,000+
- Statsionar va reanimatsiya o‘rinlari
- 385
- Yillik murakkab operatsiyalar
- 12,500+
- Malakali shifokor va mutaxassislar
- 360+

Har bir inson hayoti va salomatligi — bizning oliy burchimiz
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali 2000-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Farg‘ona viloyatidagi eng yirik va yetakchi shoshilinch tibbiyot majmuasi hisoblanadi.
Markaz 385 ta koyka fondiga (shundan 355 umumiy davolash va 30 ta markaziy reanimatsiya koykasi) ega. Tarkibida 15 ta ixtisoslashtirilgan klinik bo‘lim faoliyat yuritadi. Bu yerda 360 nafardan ortiq yuqori malakali shifokorlar (jumladan tibbiyot fanlari doktorlari va nomzodlari) hamda 740 nafardan ortiq o‘rta tibbiyot xodimlari fidokorona mehnat qilmoqda.
Markaz eng so‘nggi avlod 'GE Angiograf' apparati, 128 kesimli MSKT, 1.5T MRT, zamonaviy laparoskopik operatsiya zallari va ekspress laboratoriya uskunalari bilan to‘liq qurollantirilgan. Shuningdek, filial viloyat bo‘yicha 18 ta tuman subfiliali (615 koyka) va 84 ta tez yordam podstansiyasidagi 198 ta mobil brigadani yagona dispetcherlik tizimi orqali boshqaradi.
Markazni yanada yaqinroq taning
Tarix, rahbariyat va jamoamizga qo‘shilish imkoniyatlari.
Rahbariyat va jamoa
Tuxtakulov Abduqayum YusupovichFilial direktori, bosh shifokor
Yuldashev Akmal AkramovichIlmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Ahmedov Qobiljon NurmatovichDavolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari
Madaminov Ilhomjon OdilovichJarrohlik xizmati bo‘yicha direktor o‘rinbosari