
Filial bazasida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining Umumiy jarrohlik, Gospital terapiya, Anesteziologiya-reanimatologiya va Shoshilinch tibbiyot kafedralari faoliyat yuritadi.
Bu yerda har yili yuzlab talabalar, klinik ordinatorlar va magistrlar bevosita shoshilinch qabulxona, operatsiya xonalari va reanimatsiya zallarida amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar.
Markazda shuningdek shoshilinch tibbiyot xodimlari uchun simulyatsion o‘quv markazi tashkil etilgan bo‘lib, unda yurak-o‘pka reanimatsiyasi (BLS, ACLS), travmada dastlabki yordam (ATLS) va traxeyani intubatsiya qilish kabi hayotiy muhim malakalar zamonaviy manekenlarda mashq qilinadi.
