2026-yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili•
Markaz haqida

Ilmiy faoliyat

Shoshilinch tibbiyot, og‘ir politravma, reanimatsiya va shoshilinch jarrohlik bo‘yicha ilmiy izlanishlar.

Ilmiy faoliyat

RShTYIM Farg‘ona filiali nafaqat yetakchi davolash muassasasi, balki mintaqadagi yirik ilmiy-tadqiqot bazasi hamdir. Filial Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti va respublika bosh markazi bilan uzviy ilmiy hamkorlikda ish olib boradi.

Asosiy ilmiy yo‘nalishlar:
1. Og‘ir qo‘shma jarohatlar (politravma) va suyak sinishlarida kam invaziv metalloosteosintez samaradorligini oshirish;
2. Shok va o‘tkir nafas yetishmovchiligida erta sun'iy nafas berish (IVL) va poliorgan yetishmovchiligining oldini olish;
3. O‘tkir buyrak shikastlanishlarida organ saqlovchi operatsiyalar va ekstrakorporal gemodializ texnologiyalari;
4. O‘tkir miokard infarkti va insultlarda shoshilinch endovaskulyar angiografiya va stentlash algoritmlari.

Filial xodimlari tomonidan 10 dan ortiq monografiya, yuzlab ilmiy maqolalar chop etilgan, bir qator fan nomzodligi (PhD) va doktorlik (DSc) dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.