
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yildagi Farmoni asosida mamlakatimizda yagona shoshilinch tibbiy yordam tizimiga asos solindi. 2000-yilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona filiali respublikamizda birinchilardan bo‘lib o‘z faoliyatini boshladi.
Birinchi bosqichda (2000-2010 yillar) markazda shoshilinch jarrohlik, travmatologiya va reanimatsiya xizmati shakllantirilib, tumanlarda subfiliallar tarmog‘i yo‘lga qo‘yildi.
Ikkinchi bosqichda (2011-2020 yillar) kam invaziv endovaskulyar va laparoskopik texnologiyalar amaliyotga tatbiq etildi, tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar ko‘lami kengaydi.
Uchinchi bosqich (2021-2024 yillar) to‘liq modernizatsiya va raqamlashtirish davri bo‘ldi. Markazda 7 qavatli bosh bino tubdan rekonstruksiya qilindi, yangi qabul-diagnostika majmuasi barpo etildi, Jahon banki ko‘magida 'GE Angiograf' o‘rnatildi va 103 tez tibbiy yordam dispetcherligi raqamli integratsiyaga ulandi.
