2026-yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili•
Barcha e’lonlar E’lon

O‘tkir yurak-qon tomir hurujlarida «Oltin soat» qoidasiga amal qiling!

Ko‘krak qafasida kuchli qisuvchi yoki achishtiruvchi og‘riq, chap qo‘l yoki jag‘ga tarqaluvchi og‘riq, havo yetishmasligi va sovuq ter bosishi kuzatilsa, o‘zboshimchalik bilan dori ichib vaqt o‘tkazmang.

  • E’lon qilingan:01.10.2024
  • Amal qiladi:31.12.2025
  • Ko‘rildi:1

Dastlabki 2 soat ichida shoshilinch kardiologik yordam ko‘rsatish va angiografiya orqali qon tomirini stentlash miokard infarktining og‘ir asoratlari oldini oladi. Filial kardioreanimatsiya bo‘limi 24 soat uzluksiz xizmatda.