Barcha yangiliklar Yangilik
Filialning 7 qavatli yangi davolash binosi va shoshilinch qabulxona majmuasi to‘liq modernizatsiya qilindi
Markazning yotoq fondi, operatsiya bloklari va reanimatsiya zallari jahon andozalari talablariga to‘liq moslashtirildi.
- Sana:18.04.2024, 14:30
- ko‘rildi:2
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining bosh davolash binosida keng ko‘lamli ta'mirlash va qayta jihozlash ishlari yakunlandi. Barcha bo‘limlar markazlashgan kislorod ta'minoti, zamonaviy monitoring tizimlari va avtomatlashtirilgan shoshilinch yordam infratuzilmasiga ega bo‘ldi. Qabul-diagnostika bloki esa tezyordam mashinalari bevosita to‘xtashi uchun qulay sharoitda tashkil etildi.

Shoshilinch qabuldagi Triage tizimi juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kutish vaqti deyarli bo‘lmadi, 5 daqiqada barcha tekshiruvlar boshlandi.
Jarrohlik bo‘limi shifokorlari qo‘li dard ko‘rmasin. Murakkab operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazib berishdi.
Onamning hayotini saqlab qolgan reanimatsiya bo‘limi mudiri va butun jamoaga cheksiz tashakkur!
Izoh qoldirish